Angliya Premer-ligasi 34-turi doirasida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan «Manchester Yunayted» — «Liverpul» uchrashuvining yangi sanasi e’lon qilindi.

Manchesterliklar klubi rasmiy saytining yozishicha, APL ushbu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvni 13 may, payshanba kuni kechki soat 00:15ga belgilagan.

Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» va «Liverpul» o‘rtasidagi ushbu bahs 2 may, yakshanba kuni o‘tkazilishi lozim edi. Biroq «MYU» muxlislarining «Old Trafford»ga bostirib kirishi va norozilik namoyishlari tufayli uchrashuv noma’lum muddatga qoldirilgandi.

0