Superliga 7-turi doirasida «Turon» muxlislari qarshisida «Paxtakor» bilan durang qayd etdi.

Cheran hisobni penaltidan ochgan bo‘lsa, Javohir Sohibov ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirdi.

Natijada «Paxtakor» 16 ochko bilan peshqadam bo‘lib qolgan bo‘lsa, «Turon» 3 ochko bilan so‘nggi pog‘onada qoldi.

Superliga. 7-tur
«Turon» – «Paxtakor» – 1:1
Hakam: Asker Najafaliyev
Gollar: Javohir Sohibov 47 – Dragan Cheran, 37 penaltidan.
«Turon»: 87.Akmal Ortiqov, 2.Abduqahhor Hojiakbarov, 3.Davron Umirov, 4.Asliddin Toshtemirov, 9.Jasurbek Hakimov, 17.Muzaffar Muzaffarov, 18.Fozil Musayev, 19.Vladislav Kasminin, 43.Kim Boyong, 55.Dayan Ponevich, 77.Bilolxon Toshmirzayev.
«Paxtakor»: 35.Sanjar Quvvatov, 34.Farrux Sayfiyev, 23.Sherzod A’zamov, 5.Anzur Ismoilov, 6.Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (Hojiakbar Alijonov, 50), 21.Abror Ismoilov (Sharof Muhiddinov, 80), 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 18.Hojimat Erkinov (Abbos Fayzullayev, 88), 10.Dragan Cheran, 28.Diyor Xolmatov (Aziz Turg‘unboyev), 9.Eren Derdiyok (Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 88).

0