Superliga 7-turi doirasidagi markaziy uchrashuvda «Bunyodkor» «Nasaf» ustidan g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Husniddin Aliqulov va darvozabon Umidjon Ergashevning o‘zaro tushunmovchiligi avtogol bilan yakunlandi – 1:0.

56-daqiqada esa O‘lmasaliyevning zarbasidan keyin qaytgan to‘pni Nurillo To‘xtasinov ikkinchi marta qarshiliklar darvozasiga kiritdi – 2:0.

Natijada Shuhrat Maqsudov shogirdlari ochkolari sonini 11taga yetkazib, ochkolar bo‘yicha 3-o‘rindagi «Nasaf»ga yetib olishdi.

Superliga. 7-tur
«Bunyodkor» – «Nasaf» – 2:0
Hakam: Akobirxo‘ja Shukrullayev
Gollar: Husniddin Aliqulov 5 avt., Nurillo To‘xtasinov 56.
«Bunyodkor»: 1.Ravshanbek Yagudin, 4.Davronjon Ergashev, 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 9.Farrux Ikromov, 10.Xurshid G‘iyosov, 11.Rasul Yo‘ldoshev (8.Sanjar Rashidov, 72), 14.Mirjahon Mirahmadov (49.Ibrohim Tomiva, 72), 19.Nurillo To‘xtasinov (Luftullo To‘rayev, 90), 30.Abdulla Abdullayev, 34.Suhrob Izzatov, 35.Ibrohim Ibragimov.
«Nasaf»: 1.Umidjon Ergashev, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G‘olib G‘aybullayev (77.Oybek Bozorov, 70), 6.Murodbek Ho‘jamberdiyev (14.Shokir Yo‘ldoshev, 70), 8.Dilshod Saidov (15.Jo‘rabek Mannonov, 77), 19.Husain Norchayev, 22.Akmal Mozgovoy, 34.Sherzod Nasrullayev, 55.Shahzod Akromov (25.Muhriddin Zoirov, 56), 88.Marko Stanoyevich (70.Abubakrrizo Turdialiyev, 77), 92.Umarbek Eshmurodov.

0