Italiya A Seriyasi 34-turi doirasida «Yuventus» safarda «Udineze»ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 10-daqiqasidayoq Molina mezbonlarni hisobda oldinga chiqargan bo‘lsa, o‘yin yakunida Ronaldu katta sahnaga chiqdi. Portugaliyalikning 83-daqiqada penalti, 89-daqiqada qayd etgan dubli Turin klubiga safarda g‘alaba keltirdi – 1:2.

Natijada «Yuve» 69 ochko bilan 3-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, «Udineze» 39 ochko bilan 11-o‘rinda qoldi.

Avvalroq, «Atalanta»ning ochko yo‘qotishidan keyin «Inter» 82 ochko bilan skudettoga rasman ega chiqqan edi.

A Seriya. 34-tur
Udineze – Yuventus 1:2
Gollar: 1:0 – 10 Molina, 1:1 – 83, penalti Ronaldu, 1:2 – 89 Ronaldu.
Udineze – Skuffet, Molina, Nyuytink, Bonifatsi (Samir, 84), Larsen, Uolas, de Paul, Pereyra, Arslan (Foresteri, 72), Rodrigo Bekao, Okaka Chuka.
Yuventus – Shchensni, de Ligt, Danilo, Bonuchchi, Aleks Sandro, Kuadrado (Feliks Korreyya, 84), Makkenni (Rabo, 84)

0