Angliya chempionatining 34-turida «Tottenhem» o‘z uyida so‘nggi o‘rindagi «Sheffild Yunayted» darvozasiga javobsiz 4ta to‘p kiritdi. Beyl het-trikka erishgan bo‘lsa, so‘nggi gol Son hisobiga yozildi.

«Tottenhem» ochkolarini 56taga yetkazib, 5-o‘ringa chiqib oldi. «Sheffild» 17 ochko bilan 20-pog‘onada qoldi.

APL, 34-tur

Tottenhem — Sheffild Yunayted 4:0
2 may, «Tottenhem Stedium»
Gollar: Beyl (36, 61, 69), Son (77).
Tottenhem – Loris, Ore, Alderveyreld, Regilon, Dayer, Lo Chelso (Uinks, 70), Alli (Lamela, 78), Son, Hyoyberg, Beyl (Bergveyn, 75), Keyn.
Sheffild Yunayted – Remsdeyl, Stivens, Boldok, Bashem, Bogl (Berge, 46), Norvud, Flek, Osborn, Igan, Bryuster (Berk, 46), Makgoldrik (Mussa, 83).
Ogohlantirishlar: Igan (18), Hyoyberg (88).

0