Ispaniya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan qoldirilgan bahsda «Barselona» o‘z maydonida «Granada»ga yutqazib qo‘ydi va peshqadam «Atletiko»ni (73) quvib o‘tish imkoniyatidan foydalana olmadi. Messining goliga Machis va Molina javob berishdi.

«Barselona» 71 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi. «Granada» 45 ochko bilan 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

La Liga, 33-tur
Barselona — Granada 1:2
29 aprel, «Kamp Nou»
Gollar: Messi (23) — Machis (63), Molina (79).
Barselona – ter Stegen, Serji Roberto, Mingesa (Dembele, 72), Umtiti, Alba, Buskets (Trinkau, 81), Moriba (Pedri, 72), de Yong, Pike, Messi, Grizmann.
Granada – Eskandel, Fulke, Peres, Dias, Kini, Eteki (Gonalon, 61), Errera, Machis (Marin, 76), Xerman Sanches, Suares (Viko, 86), Soldado (Molina, 61).
Ogohlantirishlar: Soldado (20), Peres (43), Sanches (89)

0