Angliya chempionatining 34-turida. «Lester» safarda «Sauthempton» bilan durang o‘ynadi. Uord-Prouzning goliga Evans javob berdi. E’tiborlisi, mezbonlar 80 daqiqadan ortiq vaqt davomida kamchilikda harakat qilishdi.

«Lester» 63 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi. «Sauthempton» 37 ochko bilan 14-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

APL, 34-tur

Sauthempton — Lester 1:1
30 aprel, «Sent-Meri»
Gollar: Uord-Prouz (61, penalti) — Evans (68).
Sauthempton – Makkarti, Stivens, Bednarek, Vestergor, Uoker-Piters, Armstrong, Tella (Salisu, 15), Redmond, Uord-Prouz, Minamino (Diallo, 76), Adams (Nlundulu, 90+1).
Lester – Shmeyxel, Kastan, Fofana (Peres, 46), Suyunchi, Tomas (Olbrayton, 69), Tilemans, Ndidi, Meddison, Evans, Vardi, Iheanacho.
Ogohlantirish: Minamino (50).
Chetlatish: Vestergor (10).

0