Germaniya Kubogining birinchi yarimfinalida «Leypsig» Bremenda «Verder» bilan bahs yuritib, qo‘shimcha bo‘limlarning so‘nggi daqiqalarida g‘alabani ilib ketdi.

Asosiy vaqtda hisob ochilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarning birinchisida Hvanning goliga Bitenkur javob berdi. 120+1-daqiqada esa Forsberg «buqalar»ni finalga olib chiqadigan to‘pni kiritdi.

Ikkinchi yarimfinalda 1 may kuni «Borussiya» Dortmundda «Holshtayn Kil»ni qabul qiladi.

Germaniya Kubogi, 1/2 final

Verder — Leypsig 1:2
30 aprel, «Vezershtadion»
Gollar: Bitenkur (105+1) — Hvan (93), Forsberg (120+1).
Verder – Pavlenka, Augustinsson, Moysander, Gross (Bargfrede, 119), Gebre Selassiye, Mbom (Bitenkur, 73), Eggeshtayn, Velkovich, Zelke (Mevald, 96), Fyullkrug (Osako, 66), Sarjent.
Leypsig – Gulachi, Mukiyele, Upamekano, Konate, Anxelino (Henriks, 101), Aydara (Nkunku, 46; Forsberg, 114), Kampl, Zabitser (Poulsen, 74), Olmo, Orban, Syorlot (Hvan Hi Chan, 90).

0