Chempionlar Ligasi yarimfinalida «Manchester Siti» safarda «PSJ» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Markinosning goliga de Bryyune va Mahrez javob berdi.

Javob o‘yini 4 may kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi.

YeCHL. Yarimfinal

PSJ — Manchester Siti 1:2
28 aprel, «Park-de-Prens»
Gollar: Markinos (15) — de Bryuyne (64), Mahrez (71).
PSJ – Navas, Florensi, Markinos, Kimpembe, Bakker, Geye, Paredes (Errera, 83), Verratti, Di Mariya (Danilu, 80), Neymar, Mbappe
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Stounz, Diash, Kanselu (Zinchenko, 61), Rodri, Gundo‘g‘an, de Bryuyne, Foden, Mahrez, Silva.
Ogohlantirishlar: Kanselu (31), Paredes (70), Neymar (74), de Bryuyne (86).
Chetlatish: Geye (77).

0