Italiya A Seriyasi 33-turi doirasida «Latsio» Rimda «Milan»ga qarshi saf tortdi.

Korreaning dubli va Immobilening goli Rim klubiga yirik hisobdagi g‘alabani keltirdi – 3:0.

Natijada «Latsio» 61 ochko bilan 6-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Milan» 66 ochko bilan to‘plar nisbatiga ko‘ra 5-o‘ringa tushib ketdi.

A Seriya. 33-tur

Latsio – Milan 3:0
Gollar: 1:0 – 2 Korrea, 2:0 – 51 Korrea, 3:0 – 87 Immobile.
Latsio – Reyna, Latssari, Acherbi, Radu, Marushich, Lulich (Fares, 68), Leyva (Kataldi, 88), Milinkovich-Savich, Luis Alberto (Akpa-Akpro, 88), Korrea (Pereyra, 76), Immobile (Muriki, 88).
Milan – Donnarumma, Ker (Romanoli, 74), Teo, Tomori, Kalabriya (Diogu Dalot, 69), Bennaser (Tonali, 70), Salemakers (Braim Dias, 63), Kessie, Chalxanoglu, Rebich, Mandjukich (Rafael Leau, 63).

0