Ispaniya chempionatining 32-turida «Atletiko» Bilbaoda «Atletik»dan mag‘lubiyatga uchradi. Berenger va Martinesning gollariga Savich bir bor javob berdi.

«Atletiko» 73 ochko bilan yetakchilikni saqlab turibdi, ammo 71 ochkoga ega 3-pog‘onadagi «Barselona»da zaxira o‘yini bor. «Real» (71) ikkinchi, «Sevilya» (70) to‘rtinchi pog‘onaga joylashgan. «Atletik» esa 41 ochko bilan 10-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

La Liga, 32-tur

Atletik — Atletiko 2:1
25 aprel, «San Mames»
Gollar: Berengen (8), Martines (86) — Savich (77).
Atletik – Unai Simon, Kapa (Lekue, 46), Martines, Balensiaga, Nunes, Sanset (Lopes, 75), Vensedor (Vesga, 71), Berenger (Ibai, 82), Dani Garsiya, Morsilo, Vilyalibre (Uilyams, 71).
Atletiko – Oblak, Tripper (Felish, 59), Savich, Felipe, Lodi (Ermoso, 74), Errera (Lemar, 59), Koke, Lorente, Karrasko, Korrea (Torreyra, 65), Saul (Suares, 59)

0