Germaniya chempionatining 31-turida «Leypsig»o‘z maydonida «Shtutgart»ni Aydara va Forsbergning gollari evaziga mag‘lub etdi. «Borussiya» M esa «Arminiya» darvozasiga javobsiz 5ta to‘p kiritdi.

«Leypsig» 64 ochko bilan 2-o‘rinni, «Borussiya» M 46 ochko bilan 7-pog‘onani egallab turibdi.

Bundesliga, 31-tur, 25 aprel
Leypsig — Shtutgart 2:0
Gollar: Aydara (47), Forsberg (67, penalti).

Borussiya M — Arminiya 5:0
Gollar: Embolo (6, 69), Tyuram (15), Bensebaini (18, penalti), Plea (84).

0