Chempionship ishtirokchisi «Uotford» muddatdan avval Premer-ligaga chiqish masalasini hal qildi.

Chempionat yakunlanishiga ikki tur qolganida «Uotford» 2-o‘rindagi o‘rnini kafolatladi va APLga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqdi.

O‘tgan turda Chempionship peshqadami «Norvich» muddatdan avval APLga qaytgandi. Klub hisobida 93 ochko bo‘lsa, 2-o‘rindagi «Uotford» hisobida 88 ochko mavjud.

Eslatib o‘tamiz, «Uotford» va «Norvich» bir yillik tanaffusdan keyin APLga qaytishdi.

0