Angliya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yinda «Chelsi» YeCHL yo‘llanmasi uchun kurashdagi asosiy raqobatchilaridan biri «Vest Hem»ni mag‘lub etdi. Timo Verner 8 o‘yindan iborat golsiz seriyasiga chek qo‘yib, jamoasiga muhim g‘alaba keltirdi.

«Chelsi» ochkolarini 58taga yetkazib, 4-o‘rinni mustahkamlab oldi. «Ves Hem» 55 ochko bilan 5-pog‘onada qoldi.

APL, 33-tur
Vest Hem — Chelsi 0:1
24 aprel, «Olimpiyskiy»
Gol: Verner (43).
Vest Hem – Fabianski, Frederiks (Jonson, 83), Ogbonna, Balbuena, Soufal, Lingard, Nobl (Lansini, 69), Fornals (Benrahma, 69), Souchek, Bouen, Diop.
Chelsi – Mendi, Aspilikueta (Jeyms, 86), Tiago Silva, Ryudiger, Chiluell, Maunt, Jorjino, Pulishich (Ziyosh, 74), Kante, Kristensen, Verner (Abraham, 87).
Ogohlantirishlar: Verner (35), Kristensen (42), Mendi (90+4), Kante (90+5).
Chetlatish: Balbuena (81).

0