Italiya chempionatining 32-turida «Roma» o‘z maydonida «Atalanta»ni qabul qilib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Malinovskiyning goliga Kristante javob berdi.

«Atalanta» ochkolarini 65taga yetkazib, o‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra «Yuventus»ni (65) ortda qoldirdi va 3-o‘ringa qaytdi. «Roma» 55 ochko bilan 7-pog‘onaga joylashgan.

A Seriya, 32-tur
Roma — Atalanta 1:1
22 aprel, «Olimpiko»
Gollar: Kristante (75) — Malinovskiy (26).
Roma – Lopes, Karsdorp, Manchini, Rojer, Kalafori (Bruno Peres, 46), Vilyar (Karles Peres, 76), Kristante, Mxitaryan (Mayoral, 86), Veretu, Pellegrini, Jeko.
Atalanta – Gollini, Gozens, Gimshiti, Palomino, Mele, Ilichich (Muriel, 59), Froyler, Malinovskiy (Pashalich, 59), de Ron, Romero, Sapata (Toloi, 73).
Ogohlantirishlar: Kalafori (31), Vilyar (47), Gozens (52), Ibanes (90+4).
Chetlatish: Gozens (69), Ibanes (90+6)

0