Ispaniya chempionatining 31-turida «Atletiko» o‘z maydonida «Ueska»ni qabul qilib, Korrea va Karraskoning gollari evaziga g‘alaba qozondi. Ikkala golga ham Lorente assistentlik qildi.

Simeone jamoasi ochkolarini 73taga yetkazib, 1-o‘ringa qaytdi. «Ueska» 27 ochko bilan 18-pog‘onada qoldi.

La Liga, 31-tur
Atletiko — Ueska 2:0
22 aprel, «Vanda Metropolitano»
Gollar: Korrea (39), Karrasko (81).
Atletiko – Oblak, Ximenes, Savich, Tripper, Lodi (Felipe, 87), Koke, Karrasko (Kondogbia, 84), Lorente, Saul (Vitolo, 87), Korrea (Torreyra, 84), Errera (Dembele, 76).
Ueska – Alvaro Fernandes, Siovas, Pulido, Insua (Garsiya, 85), Dumbiya, Mikel Riko, Serxio Gomes (Pedro Lopes, 85), Moskera (Galan, 63), Okadzaki (Ferreyro, 63), Rafa Mir (Sandro Ramires, 63), Dani Eskriche.

0