Angliya chempionatining 32-turida «Lester» o‘z maydonida «Vest Bromvich» darvozasiga javobsiz 3ta to‘p kiritdi. Vardi, Evans va Iheanacho o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi.

«Lester» ochkolarini 59taga yetkazib, 2-o‘rinni mustahkamlab oldi. 24 ochkoga ega «Vest Bromvich» 19-pog‘onaga joylashgan.

APL, 32-tur

Lester — Vest Bromvich 3:0
22 aprel, «King Pauer»
Gollar: Vardi (23), Evans (26), Iheanacho (36).
Lester – Shmeyxel, Kastan, Evans, Suyunchi, Tomas, Ndidi, Tilemans, Meddison (Peres, 72), Fofana (Olbrayton, 62), Iheanacho, Vardi (Prat, 85).
Vest Bromvich – Jonston, Taunsend, O`Shi, Bartli, Meytlend-Naylz, Robinson (Ajayi, 46), Yokushlu, Mateus Pereyra (Grant, 73), Fillips, Ferlong, Dian (Robson-Kanu, 61)

0