Osiyo Chempionlar Ligasining 3-turida «Paxtakor» mezbon «Sharja»dan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Guruhning ikkinchi o‘yinida hisob ochilmadi.

Natijada «Paxtakor» guruh bosqichi 1-davrasini 2 ochko bilan so‘nggi o‘rinda yakunladi. «Sharja» (7 ochko) yaqqol peshqadamga aylanib oldi. 2-o‘rinni «Traktor» (3), 3-pog‘onani «Eyr Fors» (2) egallab turibdi.

OCHL, 3-tur, 20 aprel

Sharja — Paxtakor 4:1
Gollar: Bavazir (10), Solih (26), Kayo (58), Luanzino (62) — Cheran (21).
Paxtakor — Sanjar Quvvatov, Farruh Sayfiyev, Anzur Ismoilov (Sherzod A’zamov, 70), Yegor Krimets, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (Hojiakbar Alijonov, 56) Abror Ismoilov, Sardor Sobirxo‘jayev (Diyor Holmatov, 56), Hojimuhammad Erkinov, Sharof Muhiddinov, Sardor Rashidov (Eren Derdiyo‘q, 46), Dragan Cheran (Humoyunmirzo Iminov, 70).
Sharja — Odil Al Husayni, Shahin Abdalla, Kayo, Muhammad Abdulbosit, Holid Bavazir, Ali Muhammad, Abdalla G‘anim, Holid Ibrohim, Salim Solih (Rashid Ali, 78), Luanzino (Muhammad Halfan, 83), Otabek Shukurov.

Eyr Fors — Traktor 0:0

0