Angliya chempionatining 32-turida «Chelsi» o‘z maydonida «Brayton» darvozasiga yo‘l topa olmadi.

London klubi ochkolarini 55taga yetkazib, to‘plar nisbatiga ko‘ra 4-o‘ringa chiqib oldi. 34 ochkoga ega «Brayton» 16-pog‘onaga joylashgan.

APL, 32-tur

Chelsi — Brayton 0:0
20 aprel, «Stemford Brij»
Chelsi – Arrisabalaga, Alonso (Hadson-Odoi, 67), Kristensen, Zuma, Jeyms, Haverts (Verner, 67), Maunt, Pulishich, Jorjino, Ziyosh (Jiru, 77), Ryudiger.
Brayton – Sanches, Bern, Uebster, Dank, Veltman, Mak Allister (Mope, 74), Bissuma, Trossard (Lallana, 60), Gross, Uayt, Uelbek (Moder, 86).
Chetlatish: Uayt (90+3).

0