«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Madriddan uy qidirishni boshladi, deb xabar beradi Goal.

Manbaga ko‘ra, fransiyalik futbolchi klubini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda. Lekin Madriddan uy qidirish uning «Real»ga o‘tishini anglatmaydi. Ehtimol, Mbappe pullarini ko‘chmas mulk shaklida saqlashni maqsad qilgan bo‘lishi mumkin.

Hujumchi bu mavsumda «PSJ» safida barcha turnirlar doirasida 40ta o‘yin o‘tkazib, 33ta gol urdi va 10ta golga assistentlik qildi.

Avvalroq Parij klubi Mbappeni 120-150 mln yevroga sotishi mumkinligi xabar qilingandi.

0