Niderlandiya Kubogi finalida «Ayaks» va «Vitess» jamoalari to‘qnash kelishdi. Unda amstredamliklar Gravenberx va Neresning gollari evaziga zafar quchishdi. Yagona javob to‘pi Openda hisobiga yozildi. E’tiborlisi, Piter Bosh jamoasi g‘alaba golini 90+1-daqiqada urishdi.

Shu tariqa «Ayaks» o‘z tarixida 20-bor mamlakat Kubogini qo‘lga kiritdi.

Niderlandiya Kubogi. Final
Ayaks — Vitess 2:1
18 aprel, «De Kuyp»
Gollar: Gravenberx (23), Neres (90+1) — Openda (30).

0