Italiya chempionatining 31-turida «Napoli» o‘z maydonida peshqadam «Inter» bilan durang o‘ynadi. Birinchi bo‘limda Handanovich o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ygan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Eriksen muvozanatni tikladi.

Shu tariqa «neradzurri»ning 11 o‘yindan iborat g‘alabali seriyasiga barham berildi.

«Inter» ochkolarini 75taga yetkazib, eng yaqin ta’qibchisi «Milan»ni 9 ochkoga ortda qoldirmoqda. «Napoli» 60 ochko bilan 5-o‘ringa joylashgan.

A Seriya, 31-tur

Napoli — Inter 1:1
18 aprel, Maradona nomidagi stadion
Gollar: Handanovich (36, avtogol) — Eriksen (55).
Napoli – Meret, Manolas, Kulibali, Di Lorenso, Mariu Ruy, Demme, Zelinski (Elmaz, 88), Insine, Fabian Ruis (Bakayoko, 90+1), Politano (Hyusay, 90+1), Osimhen (Mertens, 74).
Inter – Handanovich, Darmian (Perishich, 69), Bastoni, de Vrey, Hakimi, Brozovich, Eriksen (Galyardini, 84), Barella, Shkrinyar, Martines (Sanches, 75), Lukaku.

0