«Yuventus», «Inter» va «Milan» Yevropa Superligasiga qo‘shilganiga qaramay, A Seriyada o‘ynashni davom ettirishni xohlamoqda.

19 aprel kuni Italiya chempionatida ishtirok etadigan klublarning favqulodda yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga «Yuventus», «Inter», «Milan» klublari ham tashrif buyurishdi va A Seriyada o‘ynashni davom ettirish istagini bildirishdi, deb xabar beradi Sky Sport Italia.

Avvalroq «Atalanta», «Verona» va «Kalyari» Superligaga qo‘shilgan 3 klubni A Seriyadan chetlatishga chaqirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, UEFA Superliga o‘yinlarida ishtirok etadigan klublar va futbolchilarga boshqa barcha turnirlarda, shu jumladan, milliy chempionatlarda, jahon va Yevropa chempionatlarida o‘ynashni taqiqlashini e’lon qilgandi

0