«PSJ» forvardi Neymar Chempionlar ligasida hafta qahramoni deb topildi.

YeCHL 1/4 final javob bahsi doirasidagi «PSJ» – «Bavariya» (0:1) o‘yinida braziliyalik hujumchi bir marta darvoza ustunini nishonga olgan bo‘lsa, bir qator vaziyatlarda uning zarbasini Noyer qaytarib qoldi. Shunga qaramay, «PSJ» safarda qo‘lga kiritgan g‘alabasi (3:2) bilan yarimfinalga yo‘llanma oldi.

Neymardan tashqari hafta futbolchisi nomiga «Real» yarimhimoyachisi Kazemiro, «Manchester Siti» xavbeki Ilkay Gundo‘g‘an va «Chelsi» futbolchisi Kristian Pulishich nomzodi ham bor edi.

Ma’lumot uchun, YeCHL yarimfinal o‘yinlari 27-28 aprel, javob bahslari 4 va 5 may kunlari o‘tkaziladi

0