Yevropa Chempionlar Ligasida chorakfinal bosqichi yakunlandi.

«Real» Angliyada «Liverpul» bilan durang o‘ynadi va Madriddagi g‘alaba evaziga keyingi bosqichga yo‘l oldi. «Manchester Siti» «Borussiya»ni Dortmundda ham mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi marta turnir yarimfinaliga chiqdi.

Shu tariqa 1/2 finalda «Real» «Chelsi»ga qarshi, «Manchester Siti» «PSJ» bilan to‘qnash keladi.

YeCHL, 1/4 final, 14 aprel
Javob bahslari

Liverpul — Real 0:0

Liverpul – Alisson, Qoboq (Jota, 60), Robertson, Fillips, Aleksander-Arnold, Fabino, Milner (Tiago Alkantara, 60), Mane (Oksleyd-Chemberlen, 82), Veynaldum, Saloh, Firmino (Shakiri, 82).
Real Madrid – Kurtua, Nacho, Mendi, Militao, Valverde, Kroos (Odriosola, 72), Kazemiro, Vinisius Junior (Rodrigo, 72), Modrich, Asensio (Isko, 82), Benzema.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (25), Robertson (25), Fillips (59).
Birinchi o‘yin — 1:3.

Borussiya D — Manchester Siti 1:2

Gollar: Bellingem (15) — Mahrez (55, penalti), Foden (75).
Borussiya D – Hits, Morey (Tigges, 81), Akanji, Hummels, Gerreyru, Daud (Azar, 76), Bellingem (Brandt, 81), Knauff (Reyna, 68), Jan, Roys, Holand.
Manchester Siti – Ederson, Stounz, Uoker, Diash, Zinchenko, Foden, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri, Mahrez (Sterling, 88), Gundo‘g‘an.
Ogohlantirish: Bellingem (39).
Birinchi o‘yin — 1:2.

0