Angliya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan so‘nggi ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi.

«Everton» mehmonda «Brayton» darvozasiga yo‘l topa olmadi va 48 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi. «Brayton» esa 33 ochko bilan 15-o‘ringa ko‘tarildi.

O‘tgan turda «Chelsi»ni (5:2) yirik hisobda mag‘lub etgan «Vest Bromvich» bu safar «Sauthempton»ga javobsiz 3ta gol urdi va ochkolarini 24taga yetkazib oldi. «Vest Brom» 19-pog‘onani, «Sauthempton» 36 ochko bilan 14-o‘rinni egallab turibdi.

APL, 31-tur, 12 aprel

Brayton — Everton 0:0
Brayton – Sanches, Veltman, Dank, Uayt, Lallana, Moder (Bern, 87), Gross, Bissuma, Trossard, Uelbek, Mope (Jahonbaxsh, 87).
Everton – Olsen, Koulmen, Kin, Godfri, Din, Sigurdsson, Devis (Broudhed, 88), Mina (Ivobi, 58), Xames, Holgeyt, Risharlison.

Vest Bromvich — Sauthempton 3:0
Gollar: Pereyra (32, penalti), Fillips (35), Robinson (69).
Vest Bromvich – Jonston, O`Shi, Bartli (Ajayi, 85), Taunsend, Meytlend-Naylz, Mateus Pereyra, Fillips, Robinson (Gallaher, 72), Yokushlu, Ferlong, Dian (Robson-Kanu, 76).
Sauthempton – Forster, Uoker-Piters (Jenepo, 87), Vestergor, Bednarek, Bertran, Diallo, Uord-Prouz, Redmond, Armstrong, Uolkott (Adams, 76), Ingz (Tella, 87).

0