Ispaniya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda, «El Klasiko»da «Real» «Barselona» ustidan g‘alaba qozonib, kataloniyaliklarning 19 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ydi. Benzema va Kroosning gollariga Mingesa bir bor javob berdi.

«Real» ochkolarini 66taga yetkazib, o‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra «Atletiko»ni ortda qoldirdi va peshqadamga aylanib oldi. 65 ochkoga ega «Barselona» 3-pog‘onaga tushdi.

La Liga, 31-tur
Real — Barselona 2:1
10 aprel, «Alfredo Di Stefano»
Gollar: Benzema (14), Kroos (28) — Mingesa (60).
Real – Kurtua, Mendi, Militao, Nacho, Vaskes (Odriosola, 43), Modrich, Kroos (Isko, 72), Valverde (Asensio, 61), Kazemiro, Vinisius Junior (Marselo, 72), Benzema (Mariano, 72).
Barselona – ter Stegen, Dest (Grizmann, 46), Mingesa, Arauxo (Moriba, 72), Alba, Dembele (Breytueyt, 81), Buskets (Roberto, 64), Pedri (Trinkau, 81), de Yong, Langle, Messi.

0