Angliya chempionatining 31-turida «Chelsi» London derbisida «Kristal Pelas»dan yirik hisobda ustun keldi. Pulishichning dubli, Haverts va Zumaning gollariga Benteke bir bor javob berdi.

«Chelsi» ochkolarini 54taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarildi. 38 ochkoga ega «Kristal Pelas» 13-pog‘onada qoldi.

APL, 31-tur
Kristal Pelas — Chelsi 1:4
10 aprel, «Selherts Park»
Gollar: Benteke (63) — Haverts (8), Pulishich (10, 78), Zuma (30).
Kristal Pelas – Guaita, Keyhill, Uord, van Anxolt, Ridevald (Makkarti, 59), Eze (Shlupp, 59), Kuyate, Milivoyevich, Zaa, Benteke, Ayyu (Taunsend, 76).
Chelsi – Mendi, Zuma, Aspilikueta, Ryudiger, Chiluell, Maunt, Jorjino (Kante, 61), Pulishich, Haverts, Hadson-Odoi (Jeyms, 76), Kovachich (Ziyosh, 83).

0