«Real» hujumchisi Karim Benzema «El-Klasiko» oldidan sport formasi va raqib safidagi yetakchilar haqida gapirdi.

«El Klasiko»da to‘pga egalik qilish odatda «Barselona» tomonda bo‘ladi. Ularda yaxshi darvozabon va «Barsa» uchun hamma narsa qila oladigan Messi bor. Lionel juda xavfli, undan imkonqadar ehtiyot bo‘lishimiz kerak.

Bu mavsum faoliyatimdagi eng yaxshisimi? Ochig‘i, bilmayman. Shaxsan o‘zim har doim mavsumni avvalgisidan ko‘ra yaxshiroq o‘tkazishni maqsad qilaman. Hozirda samaradorlik borasida yaxshi seriyaga egaman. Maydonda erkinlikni his qilyapman va o‘zimga nima yoqsa o‘sha ishni bajarayapman», – deya Benzemaning so‘zlarini keltirmoqda Goal com

Ma’lumot uchun, «Real» – «Barselona» uchrashuvi 10 aprel, shanba kuni soat 23:59da boshlanadi.

0