Yevropa Chempionlar Ligasida chorakfinalning birinchi o‘yinlari yakuniga yetdi.

O‘tgan yilgi finalchilar «Bavariya» va «PSJ» o‘rtasidagi gollarga boy bahsda parijliklar Mbappening dubli va Markinosning goli evaziga g‘alaba qozonishdi. Javob gollari Shupo-Moting va Myuller hisobiga yozildi.

E’tiborlisi, bu — Flik boshchiligidagi myunxenliklarning YeCHLdagi ilk mag‘lubiyati.

«Chelsi» Sevilyada, neytral stadionda o‘tgan bellashuvda «Portu» darrozasiga javobsiz 2ta to‘p kiritdi. Birinchi bo‘limda Maunt, ikkinchi bo‘lim so‘ngida Chiluell gol urishdi

Ushbu juftliklarda javob bahslari 13 aprelda bo‘lib o‘tadi.

YeCHL, 1/4 final, 7 aprel

Bavariya — PSJ 2:3

Gollar: Shupo-Moting (37), Myuller (60) — Mbappe (3, 68), Markinos (28).
Bavariya – Noyer, Pavar, Lyuka Ernandes, Alaba, Zyule (Boateng, 42), Sane, Goretska (Devis, 33), Koman, Myuller, Shupo-Moting, Kimmix.
PSJ – Navas, Diallo (Bakker, 46), Markinos (Errera, 30), Dagba, Kimpembe, Guye, Di Mariya (Ken, 71), Danilu Pereyra, Draksler, Mbappe, Neymar (Rafinya, 90).
Ogohlantirishlar: Lyuka Ernandes (35), Draksler (62), Kimmix (70), Boateng (72), Shupo-Moting (89).

Portu — Chelsi 0:2

Gollar: Maunt (32), Chiluell (85).
Portu – Marchesin, Manafa (Fransishku Konseysau, 83), Sanusi, Pepe, Mbemba, Korona, Otavio (Fabiu Viyeyra, 83), Marega (Toni Martines, 83), Uribe, Dias, Gruyich.
Chelsi – Mendi, Jeyms (Tiago Silva, 80), Aspilikueta, Kristensen, Chiluell, Maunt (Kante, 80), Kovachich (Emerson, 90), Haverts (Jiru, 65), Jorjino, Ryudiger, Verner (Pulishich, 65).
Ogohlantirishlar: Mbemba (63), Gruyich (79)

0