«Borussiya» D Chempionlar Ligasi 1/4 finalining dastlabki bahsida safarda «Manchester Siti»ga (1:2) mag‘lub bo‘ldi.

Ushbu o‘yinda mehmonlar hujumchisi Marko Roys dortmundliklar safida YeCHLdagi 18-golini urdi va klubning eng yaxshi to‘purariga aylanib oldi.

«Borussiya» sardori bu ko‘rsatkich borasida hozirda «Bavariya»da o‘ynayotgan sobiq jamoadoshi Robert Levandovskini (17) ortda qoldirdi.

0