Chempionlar Ligasida chorakfinal bahslariga start berildi.

«Real» Madridda «Liverpul»ni qabul qilib, Vinisius Juniorning dubli va Marko Asensioning goli evaziga g‘alaba qozondi. Yagona javob to‘pi Muhammad Saloh hisobiga yozildi.

«Manchester Siti» o‘z maydonida «Borussiya» Dortmund bilan bahs yuritib, so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi. Kevin de Bryuyne va Fil Fodenning gollariga Marko Roys bir bor javob berdi.

Ushbu juftliklarda javob bahsi 14 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

YeCHL, 1/4 final, 6 aprel
Dastlabki o‘yin

Real — Liverpul 3:1
Gollar: Vinisius Junior (27, 65), Asensio (36) — Saloh (51).
Real – Kurtua, Nacho, Mendi, Militao, Vaskes, Modrich, Kazemiro, Asensio (Valverde, 70), Kroos, Vinisius Junior (Rodrigo, 85), Benzema.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Fillips, Robertson, Qoboq (Firmino, 81), Mane, Veynaldum, Jota (Shakiri, 81), Fabino, Saloh, Keyta (Alkantara, 42).
Ogohlantirishlar: Mane (39), Vaskes (49), Tiago Alkantara (56), Aleksander-Arnold (83).

Manchester Siti — Borussiya D 2:1
Gollar: de Bryuyne (19), Foden (90) — Roys (84).
Manchester Siti – Ederson, Kanselu, Diash, Uoker, Stounz, de Bryuyne, Gundo‘g‘an, Bernardu Silva (Jezus, 59), Rodri, Mahrez, Foden.
Borussiya D – Hits, Morey (Myone, 81), Akanji, Hummels, Gerreyru, Bellingem, Jan, Knauff (Reyna, 63), Daud (Dileyni, 81), Roys, Holand.
Ogohlantirishlar: Jan (30), Bellingem (37).

0