Angliya chempionatining 30-turida «Everton» o‘z maydonida «Kristal Pelas»ni qabul qilib, 86-daqiqada g‘alabani boy berdi. Xames Rodrigesning goliga Mishi Batshuayi javob berdi.

Durangdan so‘ng «Everton» 47 ochko bilan 8-o‘rinda, «Kristal Pelas» 38 ochko bilan 12-pog‘onada qoldi.

APL, 30-tur
Everton — Kristal Pelas 1:1
5 aprel, «Gudison Park»
Gollar: Rodriges (56) — Batshuayi (86).
Everton – Olsen, Holgeyt, Kin, Koulmen (Godfri, 76), Mina, Xames Rodriges (Gbamen, 79), Andre Gomesh (Sigurdsson, 31), Devis, Din, Risharlison, Kelvert-Lyuin.
Kristal Pelas – Guaita, van Anxolt, Keyhill, Uord, Ridevald (Shlupp, 68), Milivoyevich, Kuyate, Eze, Zaa, Benteke (Mateta, 77), Ayyu (Batshuayi, 84)

0