«Real» himoyachisi Rafael Varan Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasidagi «Liverpul»ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

Madrid klubi rasmiy saytining xabar berishicha, fransiyalik futbolchining seshanba kuni ertalab topshirgan test natijasi musbat natija bergan. Rafael koronavirus yuqtirib olgani sababli o‘zini yakkalash tartibiga o‘tkazilgan.

Varan «Liverpul»ga qarshi bugun, 6 aprel kungi o‘yin, 14 aprel kungi Angliyadagi javob bahsi va 10 aprel kungi «Barselona»ga qarshi «El-Klasiko»ni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

Avvalroq, Varandan tashqari yana bir markaziy himoyachi Serxio Ramos ham jarohatidan tiklanayotgani bois «Liverpul»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi haqida xabar qilingandi

0