Ispaniya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda peshqadam «Atletiko» Andalusiyada «Sevilya»ga imkoniyatni boy berdi. 70-daqiqada Akunyaning urgan goli mezbonlarga g‘alaba keltirdi.

Natijada chempionlik kurashi yanana keskinlashdi. Turnir jadvalida «Atletiko» 66 ochko bilan birinchi, «Real» 63 ochko bilan ikkinchi, bir o‘yini kam «Barselona» 62 ochko bilan uchinchi, «Sevilya» 58 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onaga joylashgan.

La Liga, 29-tur

Sevilya — Atletiko 1:0
4 aprel, «Ramon Sanches Pisxuan»
Gol: Akunya (70).
Amalga oshirilmagan penalti: Okampos (8).
Sevilya – Bunu, Kunde, Diyego Karlos, Navas, Akunya, Xordan (Gudel, 87), Rakitich, Suso (Gomes, 77), Fernando, Okampos (Vaskes, 87), de Yong (An-Nosiri, 63).
Atletiko – Oblak, Tripper, Ximenes, Ermoso (Kondogbia, 74), Felipe, Saul, Lorente, Lemar (Errera, 74), Koke, Lodi (Korrea, 34), Suares.
Ogohlantirishlar: Felipe (5), Diyego Karlos (10), Suares (56), Akunya (56), Lorente (79), Kondogbia (86)

0