Angliya chempionatining 30-turida «Manchester Yunayted» o‘z uyida «Brayton» bilan bahs yuritib, kambek qilishga muvaffaq bo‘ldi. Denni Uelbekning goliga Markus Reshford va Meyson Grinvud javob berishdi.

«MYU» ochkolarini 60taga yetkazib, 2-o‘rinni mustahkamlab oldi. «Brayton» 32 ochko bilan 16-pog‘onada qoldi.

Shuningdek, tur doirasida «Aston Villa» «Fulhem» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritib, 44 ochko bilan 9-pog‘onaga chiqib oldi.

APL, 30-tur, 4 aprel

Manchester Yunayted — Brayton 2:1
Gollar: Reshford (62), Grinvud (83) — Uelbek (13).
Manchester Yunayted – Henderson, Maguayr, Lindelyof, Uan-Bissaka, Shou, Fernandesh, Fred, Pogba (Mayetominey, 84), Kavani (van de Bek, 82), Reshford (Jeyms, 72), Grinvud.
Brayton – Sanches, Uayt, Veltman, Dank, Gross, Moder (Jahonbaxsh, 87), Lallana (Zakiri, 88), Bissuma, Trossard (Mak Allister, 63), Uelbek, Mope.

Aston Villa — Fulhem 3:1
Gollar: Trezege (78, 81), Uotkins (87) — Mitrovich (61).
Aston Villa – Martines, Targett, Konsa, Mingz, Kesh, Al-G‘oziy (Trezege, 62), Makginn, Sanson (Devis, 67), Duglas Luis (Remzi, 74), Traore, Uotkins.
Fulhem – Areolya, Tete, Andersen, Ayna, Adarabioyo, Loftus-Chik (Maja, 83), Dekordova-Rid, Lemina (Onoma, 83), Rid, Lukman (Kavaleyru, 47), Mitrovich

0