Germaniya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda jadvalning yuqori pog‘onalarini egallab turgan ikki jamoa — «Bavariya» va «Leypsig» o‘zaro to‘qnash kelishdi. Goretskaning goli myunxenliklarga muhim g‘alabani keltirdi.

«Bavariya» ochkolarini 64taga yetkazib, 2-o‘rindagi «Leypsig»dan (57) 7 ochkoga o‘zib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bahsda chempionat to‘purari Robert Levandovski jarohati sababli maydonga tushmadi.

Bundesliga, 27-tur
Leypsig — Bavariya 0:1
3 aprel, «Red Bull Arena»
Gol: Goretska (38).
Leypsig – Gulachi, Mukiyele, Orban, Klostermann, Upamekano, Aydara (Syorlot, 74), Zabitser, Olmo (Poulsen, 73; Konate, 88), Adams (Hvan Hi Chan, 82), Nkunku, Forsberg (Klyuyvert, 46).
Bavariya – Noyer, Pavar, Alaba, Zyule, Lyuka Ernandes, Goretska (Musiala, 72), Kimmix, Shupo-Moting, Myuller, Koman (Gnabri, 72), Sane (Xavi Martines, 81).
Ogohlantirishlar: Mukiyele (26), Kimmix (33)

0