Fransiya chempionatining 31-turida «Lion» mehmonda «Lans» bilan durang o‘ynadi va 3-o‘rinni ushbu turda g‘alaba qozongan «Monako»ga (62) bo‘shatib berdi.

«Lion» 61 ochko bilan 4-o‘ringa, 49 ochkoga ega «Lans» 5-pog‘onaga joylashdi.

Liga 1, 31-tur
Lans — Lion 1:1

3 aprel, «Bollar Delelis»
Gollar: Kloss (65) — Paketa (81).
Lans – Leka, Gradi, Fortesh (Bura, 66), Bade, Aydara, Dukure (Maurisio, 90+5), Kloss (Mishlen, 76), Kakuta, Kayuzak, Fofana, Sotoka (Banza, 76).
Lion – Antoni Lopesh, Denayer, Dyubua (De Shilo, 59), Marselo, Lukas Paketa, Tiago Mendes (Slimani, 70), Bruno Gimaraes (Kakre, 59), Korne (Bar, 77), Toko-Ekambi, Depay, Kadevere (Sherki, 76).
Chetlatish: Slimani (90).

0