«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning 30-turidan o‘rin olgan «Lester»ga (2:0) qarshi bahsdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Lester» – ajoyib jamoa. Uydagi bahsda (2:5) yomon ahvolga tushib qolgandik. Ammo bugun sabrliroq o‘ynadik va Premer-liga g‘olibligi sari katta qadam tashladik.

FIFA kunlaridan so‘ng jamoaning qanday holatda bo‘lishini bilolmaysiz, ammo men futbolchilarga ishonaman. Jamoadagi barchaning o‘yini menga yoqadi. Bu safar kam o‘ynagan futbolchilarga imkon berdik.

APLni yutishdan ko‘ra yoqimli narsa yo‘q. Bu – 11 oy davom etadigan qiyin turnir. Chempionlikdan 3ta g‘alaba ajratib turibdi», – deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» 74 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda va eng yaqin ta’qibchisi «MYU»dan (57) 17 ochko oldinda bormoqda. Ammo «qizil iblislar» 2ta o‘yin kam o‘tkazishgan.

0