APL rasmiy sayti mart oyi yakunlariga ko‘ra, oyning eng yaxshi murabbiyi nomini e’lon qildi.

«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel Premer-liganing mart oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. London klubi o‘tgan oyda 3 o‘yinda 2 g‘alaba va durang qayd etgan edi.

Nemis murabbiyidan tashqari, da’vogarlar ro‘yxatidan Grem Potter («Brayton», 2 g‘alaba va mag‘lubiyat), Brendan Rojers («Lester», 2 g‘alaba va durang) va Ole-Gunnar Sulsher («Manchester Yunayted», 2 g‘alaba va durang) ham joy olgandi.

Ma’lumot uchun, «Chelsi» APL 29-turidan keyin 51 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. Tuxel 25 yanvar kuni Frenk Lempard o‘rniga klub bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar va fevral oylarida «Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola oy murabbiyi deb topilgand

0