Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov JCH-2022 saralashi 3-turi doirasida Shimoliy Makedoniyadan (1:2) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Juda ham xafa qiladigan natija. Bugun shunchaki charchadik. Tetiklik yetishmadi. Juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik.

Imkoniyatlar yaratish uchun tez o‘ynash kerak. Raqib chuqur himoyalandi, biz esa himoya kalitini topa olmadik», – deya Lyovning so‘zlarini keltiradi Germaniya futbol ittifoqi rasmiy sayti.

Ma’lumot uchun, Germaniya guruhda Armaniston (9 ) va Shimoliy Makedoniyadan (6) keyin 6 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

0