Hozirda «Derbi Kaunti» klubini boshqarayotgan «Manchester Yunayted»ning afsonaviy hujumchisi Ueyn Runi «Manchester Siti» forvardi Serxio Agueroning jamoani tark etayotganiga munosabat bildirdi.

«Aguero aqlbovar qilmas hujumchi. Uni Premer-liga tarixidagi eng yaxshi xorijlik goleadorlardan biri deb bilaman. Bu borada tanlash lozim bo‘lsa, Terri Anri – APLdagi eng yaxshi xorijlik forvard, ikkinchi o‘ringa Serxio Agueroni qo‘ygan bo‘lardim. Shuningdek, Rud van Nistelroy, Dennis Bergkamp va Erik Kantonani kuchli beshlikka kiritaman.

Keyingi mavsumda «Siti»da Agueroning o‘rni sezilishi aniq. U bu klub tarixini o‘zgartira olgan yetakchilar qatorida qoladi», – deya Runining so‘zlarini keltirmoqda Daily Star.

Ma’lumot uchun, argentinalik hujumchi «shaharliklar» safida 4 karra APL chempioni, 5 karra Liga kubogi g‘olibi va Superkubok sohibiga aylangandi

0