Osiyo qit’asida JCH-2022 saralashi doirasida yana bir o‘yin bo‘lib o‘tdi.

D guruhida Saudiya Arabistoni o‘z uyida Falastin darvozasiga javobsiz 5ta to‘p kiritdi va ochkolarini 11taga yetkazib, O‘zbekiston milliy jamoasini (9 ochko) ortda qoldirgan holda guruh peshqadamiga aylandi.

Guruhda keyingi o‘rinlarni Singapur (7), Yaman (5) va Falastin (4) egallab turibdi.

JCH-2022 saralashi. Osiyo
D guruhi, 6-tur, 30 mart

Saudiya Arabistoni — Falastin 5:0
Gollar: Ash Shahroniy (37), Al Muvallad (43), Ash Shehri (52, 58), Ad Dovsari (88, penalti).
Saudiya Arabistoni — Al Ovays, Al G‘annam (Al Burak, 79), Al Amri, Madu, Ash Shahroniy, Al Malki (Al Asmari, 90), Otayf, Al Muvallad (Al Kuvaykibi, 79), Kano (An Naji, 71), Ad Dovsari, Ash Shehri (Al Birakan, 71).
Falastin — Ali, Faravi, Hamid, Abumayyala, Qatmish, Al Battat, Harub (Darvish, 61), Abu Varda (Batran, 61), Maraba (Valid, 61), Seyam

0