Chempionlar Ligasi chorakfinalidan o‘rin olgan «Portu» va «Chelsi» o‘rtasidagi bahslar Ispaniyaga ko‘chirildi.

Portugaliya COVID-19 bo‘yicha Buyuk Britaniyaning «qizil ro‘yxati»dan chiqarilganiga qaramay, UEFA o‘yinlarni neytral stadionda o‘tkazishga qaror qildi.

Bellashuvlar «Sevilya»ning uy stadioni «Ramon Sanches Pisxuan»da bo‘lib o‘tadi. Birinchi bahs 7 aprelga, javob o‘yini 13 aprelga belgilangan.

0