O‘tgan hafta davomida muxlislar klublar ishtirokidagi o‘yinlar emas, milliy jamoalar o‘rtasidagi bahslarga guvoh bo‘lishmoqda. Bugun, 30 mart kuni JCH-2022 Yevropa saralashi guruh bosqich 3-tur o‘yinlari o‘tkaziladi.

«A» guruhida peshqadamlik uchun kurashayotgan Serbiya bu turda Ozarboyjon mehmoni bo‘lsa, Portugaliya Lyuksemburg maydoniga safar qiladi.

«H» guruhi peshqadami Rossiya o‘tgan turda Sloveniyani mag‘lub etgan bo‘lsa, bu safar Slovakiyaga boradi.

D guruhida 2 ochko jamg‘arib, 3-o‘rinda borayotgan Andrey Shevchenko qo‘l ostidagi Ukraina milliy jamoasi o‘z maydonida qo‘shnimiz Qozog‘istonni qabul qiladi. Ushbu bahsda qozog‘istonliklar ilk ochkoni qo‘lga kiritish ilinjida to‘p surishadi.

Turning markaziy bahsi I guruhida o‘tkaziladi. Guruhda 1-2-o‘rinlarni egallab turgan Angliya va Polsha milliy jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi. «Uembli»da o‘tadigan bahsda Robert Levandovski polshaliklarga yordam bera olmaydi.

JCH-2022. Yevropa saralash bosqichi. 3-tur
30 mart (seshanba)
A guruhi. 21:00. Ozarboyjon – Serbiya
H guruhi. 21:00. Kipr – Sloveniya
H guruhi. 23:45. Slovakiya – Rossiya
H guruhi. 23:45. Xorvatiya – Malta
A guruhi. 23:45. Lyuksemburg – Portugaliya
E guruhi. 23:45. Belgiya – Belarus
E guruhi. 23:45. Uels – Chexiya
G guruhi. 23:45. Chernogoriya – Norvegiya
G guruhi. 23:45. Turkiya – Latviya
G guruhi. 23:45. Gibraltar – Niderlandiya

31 mart (chorshanba)
J guruhi. 21:00. Armaniston – Ruminiya
B guruhi. 23:45. Gretsiya – Gruziya
B guruhi. 23:45. Ispaniya – Kosovo
C guruhi. 23:45. Litva – Italiya
C guruhi. 23:45. Sh.Irlandiya – Bolgariya
D guruhi. 23:45. Bosniya – Fransiya
D guruhi. 23:45. Ukraina – Qozog‘iston
F guruhi. 23:45. Avstriya – Daniya
F guruhi. 23:45. Shotlandiya – Farer orollari
F guruhi. 23:45. Moldova – Isroil
I guruhi. 23:45. Angliya – Polsha
I guruhi. 23:45. Andorra – Vengriya
I guruhi. 23:45. San-Marino – Albaniya
J guruhi. 23:45. Germaniya – Sh.Makedoniya
J guruhi. 23:45. Lixtenshteyn – Islandiya

0