«Atletiko» bir qancha klublarning qiziqishiga qaramay, yarimhimoyachisi Markos Lorenteni sotmoqchi emas, deb xabar beradi Marca.

Manbaga ko‘ra, ayni vaqtda 26 yoshli ispanga biror jamoa aniq taklif bilan chiqmagan. «Matraschilar» yarimhimoyachini uning shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli – 120 mln yevrodan kamiga qo‘yib yuborishmaydi.

Avvalroq «Manchester Yunayted» Markos uchun 80 mln yevro berishga tayyorligi xabar qilingandi.

Ma’lumot o‘rnida, Lorente bu mavsumda La Ligada 28ta bahsda maydonga tushib, 9ta gol urdi va 8ta golga assistentlik qildi.

0