Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O‘zbekiston U22 jamoasi Antalya Cup-2021 xalqaro turnirining 2-turida maydonga tushdi.

Mazkur bahsda futbolchilarimizga Ukraina yoshlari raqiblik qildi. O‘yinning 31-daqiqasida bosh hakam jamoamiz darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi. Ushbu imkoniyatdan unumli foydalangan ukrainalik futbolchi jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida yoshlarimiz muvozanatni tiklashdi. Jarima zarbasidan uzatib berilgan to‘pni Doniyor Abdumannopov raqib darbozasiga joylab qo‘ydi – 1:1.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston yoshlar jamoasi 29 mart kuni 3-tur uchrashuvida qozog‘istonlik tengqurlari bilan to‘qnash kelishadi.

Antalya Cup-2021 xalqaro turniri.
Antaliya, Turkiya.
2-tur. 27 mart
Ukraina (U22) – O‘zbekiston (U22) – 1:1
Gollar: Volodimir Brajko 31 – Doniyor Abdumannopov, 50.
O‘zbekiston: Azizxon Isoqov, Dilshodjon Komilov, Jasurbek Yoqubov, Javohir Alijonov, Husniddin Aliqulov, Suhrob Izzatov, Bobir Asqarov, Abdulazizxon Abdurashidov, Asadbek Sobirjonov, Shoxruh Abdurahmonov, Akmal Mozgovoy.
Zaxira: Vladimir Vagin, Umid Ergashev, Jasur Jaloliddinov, Doniyor Abdumannopov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Rasul Yo‘ldoshev, Shahzod Azmiddinov, Abdug‘ani Kamolov, Anvar Jo‘rayev, Mahmud Qudratullayev, Kamron Saidazimov, Bek Abdullayev, Shoxmalik Komilov.

0