Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham JCH-2022 saralashi doirasida Ukrainaga (1:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Yaratgan imkoniyatlarimizni hisobga olsak, tanaffusgacha o‘yin masalasini hal qilishimiz kerak edi. O‘tkazib yuborilgan goldan saqlanishimiz mumkin edi. Shunga qaramay, oxirigacha kurashdik. Albatta, natijadan xafamiz.

Birinchi bo‘limda katta ustunlikka erishdik, juda ko‘p va keskin hujumlar uyushtirdik, ammo raqib yaxshi himoyalandi. Ukraina milliy jamoasining 20ga yaqin o‘yinini ko‘rib chiqdik, ammo ular bugun umuman boshqacha uslubda o‘ynashdi. Shevchenkoning taktikasini tanqid qilmayman. U o‘z tanlovini qildi va jamoasi uchun ijobiy natijani qo‘lga kiritdi.

Bilaman, hozir jamoam eng yaxshi holatda emas. Ammo bahona qilmayman. Bu qadar qattiq himoyalangan raqibga qarshi kurashish har doim qiyin.

Bugun faqat 1 ochko oldik.

0