Yarimhimoyachi Aleksandr Zinchenko JCH-2022 saralashi doirasida Fransiyaga (1:1) qarshi bahsda qatnashdi.

«Manchester Siti» xavbeki 24 yoshu 98 kunligida Ukraina milliy jamoasini sardor sifatida maydonga boshlab tushdi. Natijada u rasmiy o‘yinlar doirasida Ukrainaning eng yosh sardoriga aylandi.

Zinchenko bu ko‘rsatkich borasida 2004 yili 25 yoshligida sardor bo‘lgan sobiq yarimhimoyachi Anatoliy Timoshukning rekordini yangiladi.

0