«Hammadan ham ko‘proq «Atletiko» chempion bo‘lishini istardim. Bu jamoa muxlislari va klub uchun juda muhim.

Kelajakdagi rejalarim haqida gapirishni istamasdim. Men ijara muddati yakunlanishidan keyin bir qarorga kelishim mumkin. Madridda baxtli edim, Turinda ham juda baxtiyorman. Umuman, Italiyadagi faoliyatimdan qoniqayapman. Meni qayerda ko‘rishni istashsa, o‘sha yerda bo‘lishni xohlayman», – deya Morataning so‘zlarini keltirmoqda Marca.

Ma’lumot uchun, «Atletiko» La Liga 28-turidan keyin 66 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda

0